Har mamlakatga shayxulislom yubordimki, toki musulmonlarni gunoh ishlardan qaytarib, ularni yaxshi va savob ishlarga undasin.

Insonning eski choponda yurgani ­birovning yangi to‘nini kiyib yurganidan yaxshiroq.

"Zo'r" - "Yaxshi" ning dushmanidir.

Yaxshi qaror - tajriba samarasi. Tajriba esa - yomon qarorlar samarasi.

Энг яхши сўз кўп бўлгани эмас, фойдалисидир.

Yaxshi do‘sti borning oynaga ehtiyoji yo‘qdir.

Iymon namozdan yaxshiroqdir. Chunki namoz besh mahal farz, iymon esa har doim.

Hojat emas, hammasini so‘zla bayon qilmoqqa, bir boqmoq ming so‘zdan yaxshidir anglaganga.

Gul tikandan xoli bo'lmaganidek, yaxshi kishi ham g'amu ozordan ozod emas.

Бурунғи йиллар ошлиқни яхши асрангким, сўнгги йилларда ярағай.

Yaxshi narsa haqida tafakkur etish unga amal qilishga undaydi, yomon narsa haqida o‘ylash undan qochishga undaydi.

Ne'matlarning eng yaxshisi-harakat qilib erishilgani. Do'stlarning eng yaxshisi-Alloh taoloni eslatgani. Qalblarning eng nurlisi-ichida mol-dunyo sevgisi bo'lmagani.

Daraxtning kamolga etgani mevasi bilan bo`lganidek, baxt-saodatning mukammal bo`lishi yaxshi xulqlar bilan namoyon bo`ladi.

Yaxshi xotin bilan yashash - hayot bo‘ronlarida senga bir panohday xizmat qilsa, yomon xotin bilan yashash esa - kulbangda ko‘tarilgan bo‘ronday gap.

Eng yaxshi do'st ilm ekan.

“Mana Buyuklar” kanali