Ilm, Navoiy senga maqsud bil,
Emdiki, ilm o’ldi, amal aylagil.
Oz-oz o'rganib dono bulur.
Dunyoqarashni nima o‘zgartiradi – ilm, daromad, manfaat.
Ilm o'qub amal qilmag'on, kariz qazib tuxum solmag'ong'a o'xshar.
Ilmning avvali sukut, so’ng eshitish, so’ng yod olish, so’ng amal qilish, so’ng uni tarqatish.
Ilm - narsalarni inson aqli yordami bilan o‘rganishlikdir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Haqiqatni ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar. Bir-biringizdan ilm o‘rganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib tashlanglar.
Ilm egallash asnosidagi eng keraksiz narsa dimog'dorlik, eng zarur narsa vaqtdir.
Илм ўқуб қилмаган амал мақбул,
Дона сочиб кўтармади маҳсул.
Hukumat rahbarida quyidagi 12 ta tug‘ma sifatlar jam bo‘lmog‘i joiz: xushbichimlik, fahm-farosatlilik, o‘tkir xotira, idroklilik, so‘zga chechanlik, ilmga chanqoqlik, har bir ishda me’yorni saqlay bilish, halollikka muhabbat va yolg‘onga nafrat, olijanoblik, boylikka nafrat, adolatparvarlik, qat’iylik.
Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil bo‘lsa, holati o‘zgaradi, holati o‘zgarsa, a’zolarning amali o‘zgaradi. Bas, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga tobe’dir.
O'qi, ilmli bo'l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo'l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo'l, ammo to'rtinchisi bo'lma, chunki kasodga uchrab halok bo'lasan.
Ilmni fursat bo'lganda o'rganaverish kerak. Chunki ilm zarur bo'lgan paytda fursat topilmaydi.
Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga,
mashqqa.