Aql qo‘ydir, nafs bo‘ri, iymon esa cho‘pon. Agar iymon kuchli bo‘lmasa, nafs aqlni yeydi.

Ilm - narsalarni inson aqli yordami bilan o‘rganishlikdir.

Garchi ishning qanday yakunlanishi takdir pardasi ortida yashirin bo‘lsa ham, aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.

Aql tarozusida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir. Shu bois mantiq ilmini o‘rganmoq juda muhim.

Aqllidan kelgan jafo nodondan kelgan vafodan yaxshidir.

His ichki ruhga qattiqroq ta’sir etadi va uni harakatga solishda aqldan kuchliroqdir.

Hech kim sizdan aqlli emas, hech kim sizdan kuchli emas. Shunchaki ular sizdan ancha vaqtliroq boshlashgan.

Ақл ва қалбсиз инсон туйғуларининг ҳеч бири ҳаракатга келмасди.

Odob - aqlning tarjimonidir. Inson odobi qadar aqlli, aqli qadar sharafli, sharafi qadar qiymatlidir.

Qur'onga ko'zing bilan boqsang, yozuvni ko'rasan. Aqling bilan - qarasang, ilmni ko'rasan. Qalbing bilan boqsang, ishqni ko'rasan. Butun Ruhing bilan boqsang, Robbingni ko'rasan!

O'z dushmanlaridan nafratlanish uchun insonning aqli yetarli bo'lishi kerak.

Aqlli kishi ikki yomon ishdan yaxshisini tanlab oladi va ikkita ishonchli kishining eng adolatlisiga yon bosadi.

Ko‘rdimki, eng yaxshi do‘st ilm ekan... aqlli esa yaxshiliklarga chorlashda ko‘rdim..

Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi. Agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi. Agar kishi fikrlamasa, aqlda ham shunday holat yuz beradi.

Boshqalardan afzal bo‘lishni emas, avvalgi holingdan afzalroq bo‘lishni xohla! Aqllar boshqalar bilan mashg‘ul bo‘lganda kichrayib, o‘z sohibi bilan mashg‘ul bo‘lganda kattalashadi.

“Mana Buyuklar” kanali