Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish boʻladi.
Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilan bo'ladi.
Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan bo'ladi.
Inson bu dunyoga bir ish uchun kelgan: g'oya uchundir, agar uni qilmasa, hech bir ish qilmagan bo'ladi.
Insonning haqiqiy fazilati kerak bo‘lgan chog‘ida, uni ish bilan ko‘rsatib, ishda isbotlagan taqdirdagina namoyon bo‘ladi.
Kimgaki ish bo‘ldi qanoat fani, bilki, ani qildi qanoat g‘aniy.
Ish ko’pligi-yu, vaqt yo’qligidan nolimang. Vaqt ko’pligi-yu, ish yo’qligidan qo’rqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik.
Sening qilayotgan ishlaringdan dushmaning ogoh bo‘lib, ulardan ko‘z yumishi senga ilon chaqqandan ko‘ra ham zararli va mashaqqatli bo‘ladi.
Agar o'zbeklar boshqa ishlarga ham oshga kelgandek birlashib yig'ila olganlarida edi, dunyoda bundan qudratli millat bo'lmas edi.
Ishga yarab qolsa ishing bir muddat, yana oshirmoqqa aylagil
shiddat
Buyuk ishlar qilishning yagona yo’li bu - qiladigan ishingizni sevib qilishingizdir.
Agar dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lsang, bu ishni uylanishdan oldin qil! Uylangandan keyin televizordagi kanalni o‘zgartira olsang, shuning o‘zi dahshatli g‘alaba hisoblanadi.
Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.
Ko'ngilning ikki ofati bor. Birisi-o'tgan ishga qayg'urish, ikkinchisi-kelgusi ishni o'ylab g'am-alam chekishdir. Birinchisidan odam ko'p uyquchan bo'lsa, ikkinchisidan uyqusizlikka mubtalo bo'ladi.
Бефойда иш натижа бермас.
Бошига иш тушган одамни шилиш — ўликнинг кафанини ечиб олишдай гап.