Hukumat rahbarida quyidagi 12 ta tug‘ma sifatlar jam bo‘lmog‘i joiz: xushbichimlik, fahm-farosatlilik, o‘tkir xotira, idroklilik, so‘zga chechanlik, ilmga chanqoqlik, har bir ishda me’yorni saqlay bilish, halollikka muhabbat va yolg‘onga nafrat, olijanoblik, boylikka nafrat, adolatparvarlik, qat’iylik.
Bilim, ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog’i lozim.
Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin
Har bir kishi kasb-korni mukammal bilmog‘i, yaxshi tarbiya olmog‘i va yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak.
Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan bo‘ladi.
Daraxtning kamolga etgani mevasi bilan bo`lganidek, baxt-saodatning mukammal bo`lishi yaxshi xulqlar bilan namoyon bo`ladi.
Madaniy jamiyat shunday bo’ladiki, shu mamlakatning aholisidan
bo’lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-barobar
bo’ladi, har Kim o’zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan
shug’ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo’ladilar.
Musiqa fani shu ma’noda foydaliki, kimning fe’l-atvori muvozanatini yo‘qotgan bo‘lsa, uni tartibga keltiradi.
Inson ba’zan mumkin bo‘lmagan narsani ham qilgisi keladi, masalan, abadiy bo‘lgisi keladi.