Eng yaxshi narsa Alloh taoloni unutmagan ko‘ngildir.

Johil uchun eng yaxshi ish jim turishdir. Vaholanki, u buni bilganida johil bo’lmas edi.

Erkin matbuot yaxshi ham, yomon ham bo‘lishi mumkin. Erksiz matbuot faqat yomon bo‘ladi.

Xoki poyi yaxshilar bo'l, xok bo'lmasdan burun, Bu qaro yer bag'ri senga chok bo'lmasdan burun

Hayot seni ehtimol o‘z oldiga o‘tkazar, Undan yaxshi muallim topmasliging muqarrar.

Yaxshi bo‘l va sening yaxshi ekaningni hech kim bilmasligiga intil.

Xafa bo’lganini bildirishning eng yaxshi yo’li sukut qilishdir.

Do'sting uchun jonni fido aylagin,Do'stingni dushmandan judo aylagin , Yaxshi ishga undar do'sting har onda,Yordam berar tashvish yetgan zamonda!

Yaxshi yashalgan har qanday umrni uzoq umr xisoblasa bo'ladi.

Doimo kulib turuvchi erning xotini dunyoda eng yaxshi xotindir.

Ёшлигингни асра. Дунёда ундан яхши палла йўқ. Ундан қимматли нарса ҳам йўқ! Ёшлигингни, худди олтин каби, истаган нарсага ишлатишинг мумкин.

Yomonlikning tantanasi uchun kerak bo‘lgan barcha narsa - yaxshi insonlarning harakatsizligidir.

Kitoblarning soni emas, uning yaxshisi foyda keltiradi.

Yaxshi tanqidchi nafaqat o‘qigan asarlarini tahlil qiladi, balki u o‘z qalbining kechinmalari — sarguzashtlarini ham bayon qiladi.

Ko'zlaringni yaxshi ochgil,ey og'il ,Otangni shod qillish yo'larin qidir .Otangadan tug'lding,demak aslida, O'zing ham, moling ham otangnikidir.

“Mana Buyuklar” kanali