Qalb oynasining sof bo‘lishi, xunukdan go‘zalni ajarata olishi uchun kerak.
Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. Chunki so‘z qalbdan kelib, tildan chiqadi.
Siz haqingizda yomon gumonga boradigan kimsa sizni ko'zi bilan tanibdi, qalbi bilan emas.
Ақл ва қалбсиз инсон туйғуларининг ҳеч бири ҳаракатга келмасди.
Tilning tavakkuli da’vo qiladi, qalbning tavakkuli ma’no beradi.
Qur'onga ko'zing bilan boqsang, yozuvni ko'rasan. Aqling bilan - qarasang, ilmni ko'rasan.
Qalbing bilan boqsang, ishqni ko'rasan. Butun Ruhing bilan boqsang, Robbingni ko'rasan!
Gulning go‘zalligi urug‘idan; insonning husni esa qalbidandir.
Qalb osoyishtaligi - Allohni tanish bilan vujudga keladi. Biz alhol "baxt" deb o'ylayotgan boylik, mansab, hatto oila quvonchi - barchasi o'tkinchidir. Allohni taniy olgan kishining baxtigina boqiydir.
Yomon gumon qalbning g'iybatidir
Ota-ona vujud me'mori bo'lsa, muallim qalb me'moridir.
Unutma, inson dunyolarga hokim bo‘lar lekin, har doim kichkinagina qalbga asirdir!
Kengash ikki turli bo‘lur: biri — til uchida aytilgani, ikkinchisi — yurakdan chiqqani. Til uchida aytilganini shunchaki eshitardim. Yurakdan aytilgan maslahatni esa qalbim qulog‘iga quyardim va dilimga joylardim.
Olamda eng avval inson aqli yaralgan. Aql qalb posbonidir. Aql yana uch qo‘riqchi: til, ko‘z, quloqning ustidan ham posbonlik qilguvchidir. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a’zo orqali qalbga kirib boradi
Baxtni pulga sotib olib bo‘masligi haqidagi iborani ko‘p eshitganman. Biroq qalbimning tub-tubida baribir oz bo‘lsa-da, pullarning baxtli qila olishiga ishonardim. Aslida esa, bunday bo‘lib chiqmadi.
Dunyodagi eng huzursiz inson, qalbida kibr va adovat bor insondir.