Tilingdan chiqqan sadaqa (ya’ni pandu nasihating va mav’izayu hasanang) ba’zan qo‘lingdan (mol-dunyongdan) chiqqan sadaqangdan ko‘ra xayrliroqdir.

Ne'matlarning eng yaxshisi-harakat qilib erishilgani. Do'stlarning eng yaxshisi-Alloh taoloni eslatgani. Qalblarning eng nurlisi-ichida mol-dunyo sevgisi bo'lmagani.

Qaramli kishi tahqirlansa ham azizdir. Karamli kishi go‘zallik bilan savdo qiladi, mol bilan savdo qilmaydi.

Mol-mulkni behuda isrof qilish kufrona «ne’matdir», o‘ylamasdan boyligini sarflash to‘liq tanazzulga olib keladi.

Oqil kishi dunyodagi rizqiga rozi bo‘ladi va mol to‘plashga mashg‘ul bo‘lmaydi. Oxirat amallari bilan shug‘ullanadi. Chunki oxirat qaror topish va ne’matlar uyidir. Dunyo foniylik uyi, u xiyonatkordir

Kundalik rizq ko‘p, qayg‘uraverma. Shu bilan birga mol orttiraman, deb o‘zingni ko‘p qiynaverma. Chunki har kim o‘z nasibasidan ortiq bitta ham don yeya olmaydi.

Karamli (kishi) go‘zallik bilan savdo qiladi, mol bilan savdo qilmaydi.

Dunyoning azizligi mol bilan, oxiratning azizligi solih amallar bilan.

Mol ziqnalarning, qurol qo‘rqoqlarning, rahbarlik zaiflarning qo‘liga tushsa, ishlar buziladi.

“Mana Buyuklar” kanali