Sabr – insonni maqsadiga eng tez olib boradigan yo‘l ko‘rsatuvchidir.

Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish boʻladi.

Insonlardagi go‘zallik bu – yuzdir, yuzdagi go‘zallik esa – ko‘zdir. Ammo, insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan – so‘zdir.

Mehnat insonda ijodiy kuch uyg‘otadi.

Ilm - narsalarni inson aqli yordami bilan o‘rganishlikdir.

Ko‘nglingni dinlarning muhokama maydoniga aylantirma. Adolat o‘rnatishda insonlarning e’tiqodiga chuqur hurmatda bo‘l.

Inson tabassumi bilan tarbiyasini, nimaga kulgani bilan saviyasini namoyon qiladi.

Insonlar o'zlarini odobliman deb hisoblay boshlagan zahoti hayotga halaqit berishni boshlashadi.

Har bir insonning qadr-qimmati o’z ishini qoyil qilib bajarishida

Tarbiya ta'limdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga yetkazadi.

Hayo - insonning abadiy go‘zalligi va latofatidir. Hayosiz yuz jonsiz jasadga o‘xshaydi.

Odamgarchilikka intilish insonni barcha yomonliklardan qaytaradi.

Kishi o`zganing baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.

Hayot uyqudir, o‘limla uyg‘onur inson. Sen shoshil, o‘lmasdan avval uyg‘on.

Dili va tili bir bo‘lmagan inson yuz tilni bilsa ham tilsiz sanalgay.

“Mana Buyuklar” kanali