Ayollar shaxmatchilar kabi - g‘alaba maqsadida qurbonlik qiladilar.
Bugunning chorasini ko‘rib ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.
Ayol oqilayu er ishbilarmon ,Demak ,kundan - kunga obod xonadon.
Yozuvchi kundaligi matematikning formulalar daftariga o‘xshaydi.
Hukumat rahbarida quyidagi 12 ta tug‘ma sifatlar jam bo‘lmog‘i joiz: xushbichimlik, fahm-farosatlilik, o‘tkir xotira, idroklilik, so‘zga chechanlik, ilmga chanqoqlik, har bir ishda me’yorni saqlay bilish, halollikka muhabbat va yolg‘onga nafrat, olijanoblik, boylikka nafrat, adolatparvarlik, qat’iylik.
Hayotimning eng mushkul damlarida ham, eng og‘ir daqiqalarida ham qalbim: «Yashasin inson!» —
degan gimnni kuylagan.
Айтур ерда унутма, айтмас ерда ўзунгни мутукаллим тутма.
Yomonlarning yomon ishlarini, qilmishlarini qoralash, tanqid qilish maqsadida bo‘lsa ham, ularni tasvirga tushirib namoyish etish, kino qilib ko‘rsatish bu - ularning nomaqbul hayotining yangi-yangi qirralarini nobop yoshlarning esiga solish, o‘rgatish bilan barobar.
Qashshoq bo‘lsam ham kitob xarid qilaman. Bundan ortib qolgan pulga esa yegulik yoki kiyim-kechak sotib olaman.
Erkak ixtiyoridan erkdan bo‘lak hamma narsani tortib olish mumkin. Har qanday sharoitda erkinlikni tanlash insonning huquqi bo‘lib qoladi.
Sizni baxtsizlikka uchratgan voqealar, baxtga ham yetkazishi mumkin.
Barcha fanlarning asosiy qonun-qoidalari metafizikaga asoslanadi (metafizika tabiatdan tashqaridagi hodisalar haqidagi fan). Garchi uni eng keyin o‘rgansalar-da, aslida u birinchi o‘rinda turadi.
Hayot sharobdir, ammo eng taxiri va eng yaxshisi.
Dardli odamning beqarorliklar va tumanlarga to‘la bir uyi bor. Dardini eshitsang, uyiga bir deraza ochgan bo‘lasan.
Tabiatda bekorchi narsalar bo‘lishining o‘zi bo‘lmagan narsadir.