Bilginki, agar g‘azab tez o‘tib ketsa, uning surati hayolda takrorlanmaydi va yo‘q bo‘lib ketadi, natijada kek hosil bo‘lmaydi.

Samiymiylik va adolat har qanday fazilatning asosidir.

Tentakka uning nohaqligini isbotlab berishning eng yaxshi yo‘li - unga erkinlik berib qo‘yishdir.

Гар йўқтур адаб, не суд олтун унидин, Элнинг адаби хушроқ эрур олтунидин.

Olim kishi so‘zidan olgil o‘git, Yaxshi so‘zlar ta’siri dilga singar.

Shamdek yosh to‘k, ko‘ngil uying charog‘on bo‘lsin.

Karomatning eng zo‘ri o‘zingdagi yomon xulqni yaxshisiga o‘zgartira olishingdir.

Koinotning ibtidosi — atomlar va bo‘shliqdan iborat. Qolgan barcha narsalar faqat fikran mavjuddir

Men biroz ziqnaroqman, nima bo‘libdi? Biror narsaga pul sarflamoqchi bo‘lsam, o‘zimga o‘zim savol beraman – IKEA xaridorlarining ham shunday qilishga imkonlari bormikan… Men doimo birinchi toifa bilan uchishim mumkin, biroq pulning ko‘pligi uni behuda sarflashga sabab bo‘la olmaydi. Yaxshi yetakchi boshqalarga ibrat bo‘lishi lozim. IKEA’ning barcha xodimlari uchun ibrat bo‘lish esa mening burchimdir.

Cho‘qqini kimdir qadami bilan, kimdir qalami bilan zabt etadi

Ey birodar, munofiqqa bo‘lma ulfat, Kim ulfatdur boshi uzra yuz ming kulfat.

Har bir insonning qadr-qimmati o’z ishini qoyil qilib bajarishida

Qo‘l toshni mahkam siqib olgan. Toshni uzoqqa otish uchun ham qo‘l uni mahkam siqib oladi. Lekin yo‘l toshning borib tushish joyiga emas, balki o‘z manziliga olib boradi.

Temirchilikni bilmasang, temirchi o‘chog‘idan o‘tayotganingda soqolingni ham sochingni ham yoqasan.

Агар пулинг кам бўлса бизнес қил. Агар пулинг умуман бўлмаса – унда зудлик билан бизнес қил.

“Mana Buyuklar” kanali