G‘azab hurmatni unutadi, yaxshiliklarni ko‘mib yuboradi va gunohsizlar uchun jinoyatlar vujudga keltiradi.
Kishi uchun eng foydali, dilni yorituvchi narsa qanoatdir. Eng zararli va nafratli narsa hirs va g‘azabdir.
Hech kimga g‘azab bilan qattiq muomala qilmadim va hech bir ishda tanglik qilmadim, toki Tangri taoloning g‘azabiga duchor bo‘lmayin va ishimni buzib, holimni tang aylamasin deb.
G‘azab irodasi kuchli odamga ro‘para kelolmaganidek, irodasi kuchsiz odamga ham ro‘para kelolmaydi.
Bilginki, agar g‘azab tez o‘tib ketsa, uning surati hayolda takrorlanmaydi va yo‘q bo‘lib ketadi, natijada kek hosil bo‘lmaydi.
Xolis maslahat beruvchi, berilgan maslahati qabul qilinmaganida g'azab qilmasligidir.