Be’mani hayot kechirish – yomon turmush kechirish emasdir, ammo sekin-asta o‘lishdir.
Kishi o‘zini yaxshilik haqidagi va’zga emas, ezgu ishlar va fazilalarga o‘rgatmog‘i kerak
Insonni inson qilib etishtiruvchi narsa – tarbiyadir.
Kimga yaxshi kuyov uchragan bo‘lsa, u odam o‘g‘illik bo‘libdi. Kimga yaramas kuyov yo‘liqqan bo‘lsa, u odam qizini yo‘qotibdi.
Uyatli ish qiluvchi avvalo o‘zidan uyalishi kerak
* * *
Vijdonli va insofsiz odamlarni nafaqat bajarayotgan amallaridan, balki xohish-istaklaridan ham bilib olish mumkin.
Nomusli va nomussiz odamni nafaqat qilmishi, balki niyati orqali ham bilib olsa bo`ladi
Ezgulik adolatsizlik qilmaslikkina emas, uni istamaslik hamdir.
Bilishning ikki ko‘rinishi mavjud. Ularning biri tuyg‘ular vositasida bilish, ikkinchisi tafakkur ila bilishdir.
Kim hech kimni sevmasa, menimcha, uni ham hech kim sevmaydi.
Baxt yaxshi kayfiyat, farovonlik, uyg‘unlik, mutanosiblik va vazminlikdir
Bilimlar mo‘lligiga emas, fikrlar mo‘lligiga intilmoq joiz.
Ochiq-oydin so‘zlamoqlik — ozod ruhning sifatidir. Biroq uni bevaqt ijro etish xatarli
Tentaklarning ustozi so‘z emas, baxtsizlikdir.