Bizning san’atimiz – bu haqiqat bilan ko‘zlarning qamashishi: faqat yuzda nafrat alomati bilan orqaga tislangandagi nur haqiqatdir.

Baxtga erishishning nazariy jihatdan yuz foiz imkoniyati bor: o‘zingda barham topmaydigan bir narsaga ishonish va unga intilmaslik.

O‘zingni odamiylikda sinab ko‘r. Bu sinov shubhalanuvchini shubhalanishga, ishonuvchini esa ishonishga undaydi.

Odamlar bilan muloqotda bo‘lish o‘zingni anglashingga olib keladi.

Kimki dunyoda o‘z yaqinini sevsa, bu dunyoda faqat o‘zinigina sevadigan odamga qaraganda katta ham, kichkina ham bo‘lmagan adolatsizlikka yo‘l qo‘yadi. Faqat bir savol qoladi: birinchisi mumkinmikan?

Gunoh doimo oshkora keladi va darhol bilinadi. U o‘z ildizlariga qaytib ketadi, shuning uchun ham uni kovlab olib bo‘lmaydi.

Agar sen qalb amring ila to‘g‘ri yo‘ldan ketayotgan va hayotingdagi jamiki kechmishlar ortda qolgan bo‘lsa, unda hammasi o‘tmish qa’riga kirib yo‘q bo‘lib ketarmidi; ammo bu “qilko‘prik”dan o‘tayotganingda sen unga osiltirib qo‘yilganga o‘xshaysan, unda qadamlar faqatgina yerning amriga ko‘ra tashlangan bo‘lishi mumkin va ortga qaytishingning imkoni qolmaydi.

Yovuzlikni xuddi qurol kabi ba’zan qo‘lga olib turiladi; u qarshilik ko‘rsatmasdan o‘zining bir chekkaga olib qo‘yilishiga izn beradi, agar bunga iroda yetsa.

Biz jannatda yashash uchun yaratilgan edik, jannat esa bizlarga xizmat qilish uchun. Bizning yozig‘imiz o‘zgartirilgan edi, jannatning yozig‘i haqida esa gapirilmaydi.

Ruh qachon jon bo‘lishdan to‘xtasa, u ozod qilinadi

Yaxshilik, qaysidir ma’noda, minnatli hamdir.

Ilgarilari men bir narsani sira tushunmas edim: odamlar o‘z savollariga nega javob olisholmaydi? Endi esa so‘rash mumkinligini o‘ylab, o‘zim hayron qolaman. Bundoq o‘ylab qarasam, men ilgarilari o‘ylamas ekanman, faqat so‘rar ekanman.

Qarashlarning xilma-xilligi qanday bo‘lishi mumkin, masalan, olmaga nisbatan deylik: stol ustidagi olmaga bir bor ko‘rish ilinjida bo‘ynini cho‘zayotgan bolakayning qarashi qanday va hech bir malol chekmay, olmani olib, uni ilhaq bo‘lib turgan bolakayga uzatayotgan uy egasining qarashi qanday?

Oyoq bosib o‘tilmagan zinapoya aslida quruq yog‘ochdir.

Qo‘l toshni mahkam siqib olgan. Toshni uzoqqa otish uchun ham qo‘l uni mahkam siqib oladi. Lekin yo‘l toshning borib tushish joyiga emas, balki o‘z manziliga olib boradi.

“Mana Buyuklar” kanali