Agar odam esang, sayr et bu gulshanda adab birla, Qadam har sori qo‘y mulsifat kim govu xar gustox.

Qalbga uch kun ilm berilmasa u o'ladi.

Seni do‘stingdan ayiradigan so‘zga quloq solma. U so‘zda ziyon bordir, ziyon!

Maktab misni tillo qilur, Maktab sizni mullo qilur

Бўлса керак фикр ила шоҳи замон, Яхшига яхшию, ёмонга ёмон.

Talablarsiz yoki dizaynsiz, Dasturlash - bu bo'sh faylga xato(bug)larni qo'shish san'atidir.

O‘zi sazovor bo‘lmagan hamdu sanoyu maqtovlarni talab qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir.

Qaysi holatda bo'lsangiz ham boshlang. Nimangiz bo'lsa o'shandan foydalaning. Qo'lingizdan nima kelsa o'shani qiling.

Tabiatning buyukligi va oddiyligi shundaki, u o‘zining ulug‘ hodisalarini so‘zsiz kichik hodisalarda takrorlaydi.

Manzilga yaqinlashganing sayin qiyinchiliklar yanada orta boradi.

Odamlar bilan muloqotda bo‘lish o‘zingni anglashingga olib keladi.

Сўрадимки: — Ишимни қандай кишига ишониб топширсам бўлади? Айтдиларким: — Шундай кишига топширки, ўзингга муносиб бўлсин.

Адаб кичик ёшлиғларни улуғлар дуосиға сазовор этар

Muvaffaqiyatga boshqalarga yordam berishni chin dildan istaganlargina erishadi. Faqat o'zining foydasini o'ylovchilar esa mag'lubiyatga tayyorlanaversinlar.

G`oya faktdan yuqori turadi.

“Mana Buyuklar” kanali