Ishchi mehnati, dehqon g‘allasi — shu ikki o‘q atrofida tezkor davr shitob bilan oqib bormoqda va butun hayot shu o‘qlar atrofida aylanmoqda. V. V. MAYAKOVSKIY

"Sevimli bo'lish, boy, mashhur, chiroyli va ommabop bo'lishdan ko'ra muhimroq, chunki sevimli bo'lish baxtli bo'lish demakdir." 🔹Klod Tillier

Sitamgarlik kufrlikdan ham yomonroqdir.

Kim senga gap yetkazsa, bilginki, sening gapingni ham boshqaga yetkazadi. Hasan Basriy

Faxrlanish haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin ketish, ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud (nopokliklardan) tozalanishdir.

Shirin so'z so'zlagan kishi hech kimdan yomon so'z eshitmaydi

Agar kishining buyukligi uning qilgan ishlariga, qozongan zafarlariga, imkoniyati oz bo‘lsa-da, ko‘p ish qilganiga qarab baholanadigan bo‘lsa, Muhammad (alayhissalom) insonlarning eng buyugidir. Payg‘ambar, notiq, da’vatchi, qonunshunos, jangchi, qalblarning himoyachisi, g‘oyalar targ‘ibotchisi, imom, davlat arbobi, yer yuzining yigirma mintaqasida islomiiy saltanat qura olgan... Muhammad (alayhissalom) ana shunday zot edi! Unga hech qaysi buyuk inson tenglasha olmaydi! Nahotki u o‘lchovlarga sig‘sa?!

Билиб туриб жим турмоқ, билмаса ҳам гапирмоқ қадар ёмондир.

Haq taolo har zamonda olimlarni o‘shal zamona xalq ining amallariga munosib so‘zlar bilan gapirtirib qo‘yadi.

"Olamdagi eng mashaqqatli ish – o‘z shaxsiy boshingdan idrok qilish uchun foydalanish bo‘lsa kerak. Ehtimol, shu sabab ham kamdan-kam inson bu ish bilan shug‘ullanadi." 🔹Genri Ford

- Aytaylik, nafsing senga bo'ysundi, lekin bu hali qiyinchilik, mashaqqatlar butunlay chekindi, degani emas (sen nimaniki mushkul deb bilgan bo'lsang, bundan ham ortiq mushkulliklar bor).

Inson gapirishni o‘rganishi uchun ikki yilga muhtoj bo‘ladi. Jim turishni o‘rganishi uchun esa, ellik yil kerak.

Husni xulq (chiroyli xulq) dan ko‘ra yaxshilik qo‘shadiganroq, hasaddan ko‘ra yomonlik ustiga yomonlik qo‘shadiganroq narsani ko‘rmadim.

Илм ҳаё билан кибр орасида йўқ бўлиб кетади.

Xuddi yaramas oshnalar singari bo‘lmag‘ur kitoblar ham bizni yo‘ldan urishi mumkin.

“Mana Buyuklar” kanali