Injiqliklarimizga doim pul topamiz, faqat foydali yoki kerakli narsalargagina pulni siqamiz.
Vaqt — aqliy mehnat kishisining sarmoyasi.
Insonning axloqiy tabiati uning jismoniy tabiatidan shu bilan ajralib turadiki, unda hech qanday
absolyutlik yo‘q: yurish-turish biron-bir hodisa tufayli yuzaga chiqadigan xarakterlar yoki g‘oyalar
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘ladi.
Kishi haqida hukm chiqazishdan oldin loaqal uning fikr-asrori, uning baxtsizligi, uning hayajoniga sherik bo‘lish kerak.
Kitob butun hayotni qamrab oladi.
G`oya faktdan yuqori turadi.
Ikkilanish kuchni yo'qotish demakdir.
Koʻzga tashlanib turmagan saxovatni hech kim axtarib oʻtirmaydi.
O’ta go‘zallik, eng dilbar tashqi qiyofa ham agar hech kim shaydo bo‘lmasa uch pul.