Hadyani shunday muhtoj kishiga beringki, u hadyaga javob qaytarishni o'ziga musibat deb bilmasin. Aks holda unga hadya bergandan bermagan yaxshiroqdir.
Hazrati Muhammad (alayhissalom) haqida gapirganlarimiz bir nuqtada to‘planadi. U ham bo‘lsa, bu zotning xulq-atvori yuksakligi, axloqining pokizaligidir. Bular shundayin ulug‘ fazilatlarki, u zamondagi makkaliklar orasida juda nodir edi
Payg‘ambarimiz shunday degandilar: «Uch narsadan: shubha-gumondan, yomon xayollardan va havasdan hech kim qutulolmaydi. Men sizga ulardan xalos bo‘lish yo‘lini aytaman. Agar gumonsirasang tekshirma, yomon hayollar kelsa, ulardan qoch, havasing kelgan narsaga ega bo‘lish istagidan o‘zingni tiy.
Bu dunyoda esa... yashasa bo‘ladi! Bu dunyo — yashash uchundir! Sen yashaguvchi dunyoga kelding. Sen hayot zavqini totuvchi dunyoga keling. Sen umr gashtini suruvchi dunyoga kelding.
Bu dunyoga keddingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Alp-alp odim otib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!
Bu dunyoga keldingmi? Endi chida! Dunyo — chidaganniki! Oxirigacha chida, xudo bergan kungacha chida!»
Yaxshilik qil, yomonlikdan saqlan. Sen yonlaridan turib ketganingda u yerdagi odamlar sen haqingda gapirishlarini hohlaganing, qulog'ingga yoqib tushadigan ishlarni qil. Va sen yo'g'ingda gapirishlarini hohlamaganing amallarni qilishdan saqlan.
Hech kimga g‘azab bilan qattiq muomala qilmadim va hech bir ishda tanglik qilmadim, toki Tangri taoloning g‘azabiga duchor bo‘lmayin va ishimni buzib, holimni tang aylamasin deb.