Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko‘tarib, ishimga ko‘p ziyon yetkazganlarni ham iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o‘chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo‘l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu qo‘rquv bo‘lsa, unut bo‘lardi.
Payg‘ambarimiz shunday degandilar: «Uch narsadan: shubha-gumondan, yomon xayollardan va havasdan hech kim qutulolmaydi. Men sizga ulardan xalos bo‘lish yo‘lini aytaman. Agar gumonsirasang tekshirma, yomon hayollar kelsa, ulardan qoch, havasing kelgan narsaga ega bo‘lish istagidan o‘zingni tiy.
Shubha haqiqatga olib boruvchi yo‘ldir. Kim shubhalanmas ekan, hech narsani ko‘ra olmaydi. Ko‘rishdan mahrum odam esa tushunolmaydi. Tushunishdan mahrum kimsa misoli so‘qir kabi yo‘ldan adashadi
Qilichga qin(g‘ilof) va yirtqich qushda o‘tkir tirnoq bo‘lishi shak-shubhasizdir (bu hikmat er kishida kerakli anjomlaru qat’iy azmu qaror bo‘lishi kerak degan ma’noni anglatadi).
Agar odamga oldindan hammasi ma’lum bo‘lsa, so‘ngida uni shubhalar kutadi, ammo agar u shubhalar bilan boshlasa, so‘ngida unga barchasi ma’lum bo‘ladi.