Taqdir jinoyat evaziga topilgan baxt bo‘lmasligi uchun g‘amxo‘rlik qiladi.

Kim agar do`stlar ila yakdil bo`lur, Barcha maqsudi aning hosil bo`lur.

Kishini maqtash foydalidir, bu unda o‘ziga hurmat hissini oshiradi, o‘z ijodiy kuchlariga ishonchni kuchaytirishga yordamlashadi

Ibodatlarning eng afzali farzlarni ado qilish, odatlarning eng ma’quli va chiroyligi esa gunohlardan, odamlarga ozor berishdan tiyilishi ekan...

Ey o’g’ilginam, hasaddan saqlan. Chunki u dushmaningga yetmasdan, sening o’zingga bilinadi.

Band bo‘ling. Bu dunyodagi eng arzon va eng samarali dorilardan biridir.

Hamrohini mushkul yo‘lda tashlab ketgan odam hech yerda halovat topmaydi.

Sifat - qandaydir ma'lum bir standartni ushlab turish emas, doimiy takomillashishning jonli va dinamik jarayonidir. (Edvards Deming)

Tayoq bilan gilamga urishdan maqsad-gilamni kaltaklash emas, changini olishdir. Alloh senga dard-qiyinchilik berib kiringni olgay. Axir nega g'am yemoqdasan?

Ilmu ma’rifatli odam takabburlik qiluvchi doimo nodon kimsalarning burnini to‘zon-tuproqqa to‘ldirur.

O’z vataniga dog‘ tushirish — uni sotish degan so‘z

Dunyo (yurt) obodligi to‘rtta narsa sababidan: rahbarlar adolati, olimlar ilmi, boylar saxovati, muhtojlar duosi.

Хамма яхшиликлар сабрдан кейин келади.

Gunoh qilish ilmning barakasini yo‘qotadi, uni unutishga olib keladi.

"Inson hayotida ikki ahamiyatli kun bor: birinchisi-dunyoga kelgan kuni, ikkinchisi-nima uchun bu dunyoga kelganini anglagan kuni.

“Mana Buyuklar” kanali