Ustod aytibdir: — Qashshoq o‘ktam kelsa, Qulga o‘t tekkani shul! Eldan himmat ketsa, Yurtga o‘t ketgani shul!

Узр сўрашнинг ёмони - ўлим келганида сўрашдир. Надоматнинг ёмони - қиёмат кунидагисидир

Tarbiyani tug`ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim

Haqdan ayrilmangki, sizga haq egalarining joyi ko‘rsatilgan. Har doim faqat haqiqat bilan hukm eting.

Mehnat kamola yetmay, rohat nishoni qayda, Topmas iloji korin bechora osiy banda. Tolib Tolibiy

Mukammal ayol odamzotning komil erkakdan ko’ra oliyroq turidir. Ammo ularning soni komil erkaklarga nisbatan kamroq.

Men sizlarga qanday boyib ketish mumkinligini aytaman. Eshiklarni yoping. Boshqalarning ziqnaligi tutganda qo‘rqing va boshqalar qo‘rqayotgan paytda ziqna bo‘ling.

Yuzlab ish joylar taqa-taq yopilib qoladi. Ammo... o‘lim ishi taqa-taq yopilmaydi! Dunyoda hamma shtat qisqaradi. Ammo... o‘lim qisqarmaydi! Dunyoda hamma narsa tamom bo‘ladi. Ammo o‘lim tamom bo‘lmaydi! O’lim mangu yashaydi! O’lim barcha tuzumlar uchun abadiydir! Yashasin, o‘lim!

Agar o’lmasak, baribir qirilib ketardik.

Ustod so‘zidirkim: — Komil kishi uch narsadan tashvish tortadi: Xudoning xohishi, avliyoning koyishi, ulug‘larning toyishidan!..

Buyruq berishdan avval itoatgo'ylikni o'rgan.

Kim agar do`stlar ila yakdil bo`lur, Barcha maqsudi aning hosil bo`lur.

O‘zi sazovor bo‘lmagan hamdu sanoyu maqtovlarni talab qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir.

Yovuzlik, yomonlik zaharli alafga o‘xshaydi, uni maysaligidayoq tag-tomiri bilan sug‘urib olib, yuqotib tashlanmasa, urug‘idan ko‘payib, atrofni bosib ketadi.

Vatanga bo‘lgan muhabbatim meni xorijiylar yutug‘idan ko‘z yumishga majbur qilmaydi. Aksincha, vatanga muhabbatim qanchalik kuchli bo‘lsa, vatanimni jahondagi g‘aznalar bilan yana-da shunchalik boyitgim keladi

“Mana Buyuklar” kanali