Muvaffaqiyat - bu sizda nima borligi emas, balki kim ekanligingizdir.

Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri — o‘quvchiga hurmatda.

Moziyga qaytib ish ko’rish xayrlikdir.

Bu dunyoda muvaffaqiyatga erishgan odamlar - zarur narsalarni qidiradilar, agar topa olmasalar o'zlari uni yaratadilar.

Har qanday sohada muvaffaqiyatga erishish uchun eng kamida uzluksiz o‘qish va izlanish lozim.

Dunyoning sen bilan ishi yo‘q. Dunyo faqat muvaffaqiyatga erishishingni kutadi, qadr-qimmatingni ko‘z-ko‘z qilishingni emas.

Agar xalqda buyuk islohotga ehtiyoj haqiqatan ham paydo bo‘lgan bo‘lsa, xudo ham uning tomonida bo‘ladi va muvaffaqiyat unga yor bo‘ladi.

Muvaffaqiyat – muvaffaqiyatsizliklar orasida ishtiyoqni so‘ndirmasdan qoqilib-suqilib olg‘a borishdir.

Hayotda inson uchun muvaffaqiyatning sirlaridan biri, qulay vaziyat kelganda undan foydalanmoqlikka tayyor turishdir.

Muvaffaqiyatsizlik qo‘rquvi ustidan qozonilgan g‘alaba chinakam muvaffaqiyatdir.

Muvaffaqiyatni sa’y-harakatda, muvaffaqiyatsizlikni esa loqaydlik va dangasalikda, baloni tilda, halovatni esa sukutda ko‘rdnm.

Muvaffaqiyat siri - shoshilmaslikdadir.

Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun sizga ikki narsa kerak: bilimsizlik va ishonch.

Agar o‘qituvchingni qattiqqo‘l va talabchan deb o‘ylasang, rahbaring bilan yaqindan tanishishni ortga sur. Rahbarning muvaffaqiyati sen ishingni qanday bajarayotganingga bog‘liq.

​​Muvaffaqiyatning yagona siri odamlarning ko‘ngliga yo‘l topishdir.

“Mana Buyuklar” kanali