Sevgi g‘alati bir olov. So‘nmasin desang, bor budingni unga tashlashing kerak: vaqtingni, g‘ururingni, shuuringni...

Tarix – muhri buzilmagan xazina.

Din – tashnalik, abadiyat sog‘inchi... Bilim emas, ishq...

Kitobdan emas, kitobsizlikdan qo‘rqing.

Bir-birini to‘liq takrorlaydigan ikki so‘zni na bir tilda, na ikki farqli tilda uchratish mumkin

Majhulga ochilgan eshiklardir, kitoblar: ertaklarga, sirlarga, abadiyatga.

Kitob istiqbolga yo‘llangan maktubdir... Bashang kiyingan hayajon, mo‘miyolangan tafakkur...

Irfon kamolot sari ochilgan eshik, mehnat bilan erishilgan ilm.

Tarixning me’moridir isyon: taqdirga, zamonga, insonga...

Quyosh dunyoni nurafshon qiladi, so‘zlar esa xalqni.

Yashamoq yaralanmoqdir. Yaralanmoq ham go‘zal.

O‘z haqiqatini o‘z so‘zlari bilan anglatmoq har bir nomusli qalamkashning vijdoniy burchidir.

Tarixni omma bilan shaxs orasidagi muntazam kurash yaratadi.

Tuyg‘ularning asorati, ta’sir kuchi va aniqligi bilan belgilanadi.

Tushuncha ziddi bilan butundir. Zid fikrlarga quloqni berkitmoq, o‘zni xatolarga mahkum etmoqdir.

“Mana Buyuklar” kanali