Ota-ona vujud me'mori bo'lsa, muallim qalb me'moridir.
Oyoq bosib o‘tilmagan zinapoya aslida quruq yog‘ochdir.
Ustod aytibdir:
— Kelbati bo‘lib, Jur’ati bo‘lmagan kishi — o‘rgimchak uya ko‘ygan devorning tirqishi!
Har qaysi haqiqiy dahoda tentakning biror bir alomati bo‘ladi.
Tarbiyadagi eng katta xato o'ta shoshqaloqlikdir.
Qalblar ham qozon kabi ichidagi bor narsasi bilan qaynab turadi. Tillar esa uning choʻmichidir.
G’azab o‘ti oldin egasini yondiradi, keyin uchquni dushmanlariga yo yetadi, yo yetmaydi.
Kimki hech narsani qiziqib so'ramasa, hech narsani o'rganmaydi ham.
Тўғри ва ҳақ йўлдан юрган кишининг қадам босиши арслон юришидан ҳам маҳобатлироқ ҳайбатлироқ дир.
Qaramli kishi tahqirlansa ham azizdir. Karamli kishi go‘zallik bilan savdo qiladi, mol bilan savdo qilmaydi.
Odamlar suratini bezatsa, sen siyratingni beza. Odamlar boshqalar aybidan so‘z ochsa, sen o‘z qusuringni o‘yla.
Kimdir bizdan uzr so’ramoqchi bo’lsa, bu ishni o’ta mohirona bajarmog’i kerak. Aks holda, biz o’zimizni aybdordek noqulay his etamiz.
Insonlardagi go‘zallik bu – yuzdir, yuzdagi go‘zallik esa – ko‘zdir. Ammo, insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan – so‘zdir.
Ilm agar oz bo`lsa ham hech etma xor , Oz ilmning ham buyuk qimmati bor.
Ikki kishi bahslashar ekan, ko‘proq aybdor bo‘lganni ojiz deb hisoblaydilar.