Дарёларнинг доимо денгизга қуйилиши унинг сувига таъсир кўрсатмаганидек, амал ва лаззат — ҳақиқий илм олувчига таъсир кўрсата олмаслиги керак
Insonning haqiqiy fazilati kerak bo‘lgan chog‘ida, uni ish bilan ko‘rsatib, ishda isbotlagan taqdirdagina namoyon bo‘ladi.
Haqiqiy do‘stlar qo‘l bilan ko‘z kabidirlar. Qo‘l og‘riganda ko‘z yig‘laydi, ko‘z yig‘laganida, qo‘l uni artadi.
Haqiqiy ta'lim odamni odamiylikka tayyorlashdir
Har bir inson besh daqiqa bo‘lsa ham ahmoq bo‘ladi. Haqiqiy donishmandlik esa bu vaqt chegarasini oshirib yubormaslikdan iboratdir.
Haqiqiy iste’dod ato qilingan kishi buyuk o‘tmishdoshlar bilan muomala qilishga ichki ehtiyoj sezadi va ushbu ehtiyoj uning yuksak iste’dodidan dalolat beradi.
Har qaysi haqiqiy dahoda tentakning biror bir alomati bo‘ladi.
Haqiqiy adib aslo ruhini tushirmay ijod qilishi lozim. Chin adib o‘sha — yorug‘ kunlarni kutmasdan, unga umid bilan boqib ijod qilaverishi kerak.
Og’riqni vaqtincha karaxt qilib qo’yish oxirida baribir his qiladigan haqiqiy og’rig’ingizni kuchaytiradi.
Haqiqiy innovatsiya mijozlarga, hatto ularning o'zlariga kerakligini bilmaydigan mahsulot bilan kelishidir.
O‘limda o‘yin va qahramonlik o‘zining haqiqiy ma’nosiga ega bo‘ladi.