G‘azab hurmatni unutadi, yaxshiliklarni ko‘mib yuboradi va gunohsizlar uchun jinoyatlar vujudga keltiradi.
El g‘ussasini singurmaging maqsud et,
Bu sheva bilan oqibating mahmud et.
Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko‘nglidan joy oldim.
Meni ikki toifadagi odamlarga: biror narsaga intilmaydigan iqtidorli odamga va qobiliyatsiz serhafsala odamga rahmim keladi.
O‘zingni tushkun va ojizlar safiga kiritishdan avval atrofing muttaham-kazzoblardan xoli ekaniga ishonch hosil qil.
Бақиргандан кўра мароми билан секинроқ қилинган таъна қулоққа яхшироқ киради, зеҳнга яхшироқ ўрнашади.
Kechira olishlik — mardlik, kechira bilmaslik nomardlik sanaladi.
Sizning eng baxtsiz mijozlaringiz - sizning eng katta o'rganish manbangiz hisoblanadi
Keksayib qolgan otamdan hol-ahvol so‘rasam, shunday derdi: “Uydan o‘z oyog‘im bilan chiqib ketyapman, uyga o‘z oyog‘im bilan qaytib kelyapan”.
Chehra — qalb ko‘zgusidir.
Бийиклик келди ҳимматдин нишона,
Ки, ҳимматсизни паст этди замона.
Агар отинг йўқтур, арпа ғамин емассан.
Tashqi go‘zallik o‘zining pinhoniy ichki olami bilan yanada qimmatlidir. Kitob muqovasi zarhalli bo‘libgina qolmay, ichidagi mazmuni ham oltinga teng bo‘lsa, u alohida ahamiyat kasb etadi.
Jinoiy xohishlar — bu badbaxtlikdir. Nopoklik bilan nimanidir qo‘lga kiritganingdan ko‘ra, istaganingga
yetisholmaganing ham tuzuk.