Ezgulik insonning ma’naviy olamidagi quyoshdir.
Men o‘zini ko‘z-ko‘z qilishga muhtoj bo‘lmagan, o‘zida ma’naviy fazilatlarni namoyon etgan go‘zallikni afzal ko‘raman.
Umid birla ko'taribmiz bilakni,
Xudovando, qabul ayla tilakni
G’anim lashkarini yengish qo‘shinning ko‘pligidan, mag‘lub bo‘lish esa sipohning kamligidan bo‘lmaydi. Balki g‘olib bo‘lmokdik Tangrining madadi va bandasining tadbiri bilandir.
Har qanday yutuq turi uchun qat’iyatchalik boshqa biror muhim sifat bor deb o’ylamayman.
XXI asrda sizni biznesingiz internetda yo’qmi, demak siz biznesda yo’qsiz.
Yomon xotin misoli go‘zal kiyingan chayonning o‘zidir.
Jaholat Haqni va haqiqatni ko‘rmaslikdir.
Ilmga barcha narsangni bermaguningcha, u senga hech narsangni bermaydi.
Eng baxtli inson - boshqalarning baxtiyorligidan o'ziga ulush chiqargan odam
Yerda yashash, ehtimol, qimmatroqdir, ammo siz Quyosh atrofida yiliga bir marta bepul sayohat qilasiz.
Keldim, ko`rdim, g’alaba qozondim.
Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir
Naf’ing agar xalqqa beshakdurur
Bilki, bu naf’ o‘zungga ko‘prakdurur.
Jinoiy xohishlar — bu badbaxtlikdir. Nopoklik bilan nimanidir qo‘lga kiritganingdan ko‘ra, istaganingga
yetisholmaganing ham tuzuk.