Kishi o`zganing baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.
Aqlsizga aql o‘rgatsang, seni aqlsizga chiqaradi. Xuddi o‘g'rini to‘g‘ri, desang ertasiga uyingga tushganidek...
Alloh taolo sen haqingda qanday hukm chiqarishini bilmay turib kulishing - qilgan gunohingdan ham katta gunohdir. Fursatni qo'ldan boy berib qilolmay qolgan bir gunoh ish uchun hafa bo'lishing - gunohdan ko'ra kattaroqdir.
Odam farzandiga barcha yolg'onlar yoziladi. Illo, ikki musulmonni yarashtirib qo'yish uchun so'zlangan yolg'on bundan mustasno.
Muvaffaqiyatsizlik qo‘rquvi ustidan qozonilgan g‘alaba chinakam muvaffaqiyatdir.
Odamlarning eng xotiri kuchlisi ularning ichidagi eng unutuvchisidir, ko‘ngillarning eng yumshog‘i salobatligiyu shafqatlisidir.
Тарбия, бу нисбатан кексароқ авлоднинг ўз тажрибаси, ўз эҳтироси, ўз эътиқодини ёш авлодга топшириш демакдир.
Ilm egallash asnosidagi eng keraksiz narsa dimog'dorlik, eng zarur narsa vaqtdir.
Yordam berishning go‘zalligi undan kishining tasalli topishida ko‘rinadi.
Boshqalarda ko‘rganni juda qattiq istamaslik ham qanoat hisoblanadi.
Farzandlariga mehnatsevarlikni o'rgatgan odam, ularga meros qoldirgandan ham ko'ra yaxshiroq ta'minlaydi.
Biz o‘zimiz ota-ona bo‘lmagunimizcha, ota-ona muhabbatini anglay olmaymiz.
Tomdan yiqilganning biror parchasi topilishi mumkin. Topiladi ham. Ko‘ngildan yiqilganning bir parchasi ham topilmaydi.
Innovatsiya yetakchi va izdosh o'rtasini ajratib turadi.
Allohni anglashdan avval o‘zni anglamoq joiz