Yordam berishning go‘zalligi undan kishining tasalli topishida ko‘rinadi.

Baxtning bir eshigi yopiqligi, boshqasi ochiq ekanligining nishonasi. Ammo yopiq eshikdan boshqasini ko‘rmaydigan insonga ochiq turgan baxt eshigi ham yordam bera olmaydi.

O'rgatmoq uchun so'kish, yordam bermoq uchun haqorat qilish shart emas.

Buyuk odamlar shunday odamlarki, ular boshqalarni ham buyuk bo'la olishlarini his qilishga yordam berishadi.

Sizga zarba bergan har qanday kishi dushmaningiz emas va Sizga yordam bergan har qanday kishi do‘stingiz emas.

Одамларга чин кўнгилдан беминнат ёрдам бер. Бироқ дангаса ва ишёқмасларга эмас.

Do'sting uchun jonni fido aylagin,Do'stingni dushmandan judo aylagin , Yaxshi ishga undar do'sting har onda,Yordam berar tashvish yetgan zamonda!

Do'stlarning g'am - qayg'usiga sherik ekaningizni ko'rsatish ular bilan birga motam orqali emas, ularga yordam qo'lini cho'zish bilan bo'ladi.

Raqamlar yordamida har qanday narsani isbotlash mumkin.

Yordamni olijanob kishilardan so’rang.

“Mana Buyuklar” kanali