Sen tug‘ilmaguningga qadar ota-onang bunaqa zerikarli va ko‘rimsiz bo‘lmaganlar. Ular sening baxtli bolaligingni yaratish jarayonida shunday ahvolga keldilar.

Xatoliklardan qo’rqish rivojlanishdan qo’rqish demakdir

"Keyinroq" - "Hech qachon"ga teng.

Хуш дурур боғу коинот гули, Барчадин яхшироқ ҳаёт гули.

Yozuvchi yolg‘onni to‘qiydi-yu, haqiqatni yozadi.

Kitoblarning soni emas, uning yaxshisi foyda keltiradi.

Insonni otash emas, o‘z g‘aflati yoqar. Barchadagi kamchilikni ko‘rar-u, ammo o‘ziga ko‘rdek boqar. Nimaga qanday boqsang, u ham senga shunday boqar.

Ishga tushgan jaholatdan-da qo‘rqinchliroq narsa yo‘qdir.

Vaqt — dunyoda undan uzun, undan qisqa narsa yo‘q.

Adab aqlning suratidir.

Инсонни ё сўзлаш учун яхши сўзи, ёки, сукут сақлай оладиган одоби бўлсин.

Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko‘tarib, ishimga ko‘p ziyon yetkazganlarni ham iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o‘chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo‘l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu qo‘rquv bo‘lsa, unut bo‘lardi.

Sahnani tark etayotib obrazdan ham chiqishni unutma. - Georgiy Visin

Biz hech qachon o‘zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko‘rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo‘lsak shundayligimizcha ko‘rinadigan bo‘lsak, borligimizcha namoyon bo‘lsak, odamlarning nazarida ko‘p narsa yutgan bo‘lardik.

Kitob o‘qishdan oldin o‘zimizni o‘qishni o‘rganaylik.

“Mana Buyuklar” kanali