Millionlab kitobxonga ega bo‘lishga umid qilmagan yozuvchi biron satr ham yozmasligi lozim.
Adabiyot — hasratdan boshqa narsa emas. Faqat yozuvchining oddiy odamdan farqi – oddiy odam o‘z dardidan hasrat qilsa, yozuvchi birovlar dardidan hasrat qiladi.
Noumid bo'lma, sening hikoyang eng go'zal Yozuvchi tomonidan yozilgan.
Yozuvchi yolg‘onni to‘qiydi-yu, haqiqatni yozadi.
Iqtidorli yozuvchilar bilib-bilmagan holda o‘zini — o‘zligini izlaydi; o‘zlikni bilmoq esa — o‘zgalarni bilmoq uchun kalit vazifasini o‘taydi.
Yozuvchi kundaligi matematikning formulalar daftariga o‘xshaydi.