Odamlarning gunohlarini o‘ylama, sen ularning Robbisi emassan! O‘z gunohlaringni o‘yla, chunki bandasan! Musibatga yo‘liqqanlarga shafqatli bo‘l. Shunday baloi musibatlar bilan sinalmaganing uchun Allohga HAMD ayt!..

Harom yeydigan odamni tana a'zolari xohlasa-xohlamasa gunohga boraveradi, halol yeydigan odamniki esa toatga.

Xira ko‘zning gunohi zulmatni sevish va yorug‘likni yomon ko‘rishdan (iborat).

Ibodatlarning eng afzali farzlarni ado qilish, odatlarning eng ma’quli va chiroyligi esa gunohlardan, odamlarga ozor berishdan tiyilishi ekan...

Ким яширин гуноҳ қилган бўлса, яширин тавба этсин. Ким ошкор гуноҳ қилган бўлса ошкор тавба этсин. Албатта одамлар айблайдилар ва кечирмайдилар. Аллоҳ эса кечиради ва айбламайди.

Gunoh qilish ilmning barakasini yo‘qotadi, uni unutishga olib keladi.

Boshqalarning gunohiga hukm chiqarishga oshiqasiz, o'zingiznikidan boshlang, boshqalarnikiga yetib bora olmaysiz.

Zahar tanani o'ldirganidek, gunohlar ham qalbni o'ldiradi

Gunoh doimo oshkora keladi va darhol bilinadi. U o‘z ildizlariga qaytib ketadi, shuning uchun ham uni kovlab olib bo‘lmaydi.

Insonlarning gunohlari yuzlarida ko‘rinsa edi, ko‘zgular sotilmasdi!

Yolg‘onchining yolg‘onchiligi — uning eng yengil gunohidir.

Бир хотинини иккинчисидан устун кўриш гуноҳи кабирадан ҳисобланади.

“Mana Buyuklar” kanali