Yal-yal yongan yoshlik husni ortiqcha pardoz-andoz kasridan gullagan paytidayoq xazon bo‘ladi

Zolimning zulmidan ezilgan va qo‘rquv bosgan tuvaloq inida yotgan joyida jon beradi.

O‘zingni yaxshi ko‘rishing — o‘zingni halok qilishingdir.

Hayot - hissiyotlar bilan yashaydigan uchun tragediya, aql bilan yashaydigan uchun esa komediyadir.

Agar ortingga ham bir muddat qaray olganingda edi, bir oz oldinroqni ham ko‘rgan bo‘lar eding.

O'zim haqimda bilimsizligim lahza sayin oshib bormoqda.

Zo‘ravonlikning ikki tinch turi bor: huquq va odob.

Ma'lumki ,ko'zguda hamma narsa teskari ko'rinadi , lekin u siz biz o'zimizni hech qachon ko'ra olamas edik.

Biror narsani qattiq xohlab qolishdan avval shu istagan narsangizga hozir egalik qilayotgan odam baxtlimi yo‘qmi ekanini surishtirib ko‘rmoq kerak.

Гар йўқтур адаб, не суд олтун унидин, Элнинг адаби хушроқ эрур олтунидин.

G‘ayrating qanotingdir.

Odob - aqlning tarjimonidir. Inson odobi qadar aqlli, aqli qadar sharafli, sharafi qadar qiymatlidir.

Tashvish chekma, tanimasa seni odamlar, Tashvish chekkin odamlarni tanimaslikdan.

Kitob o’qishni odat qilmagan oila – ma’naviy qashshoq oiladir.

Sevib qolish emas, sevgidan voz kechmaslik tanlovdir.

“Mana Buyuklar” kanali