So‘zlaguvchi gar nodon erur, tinglaguvchi dono o‘lsin.
Muxtasar ifodalangan o‘tkir fikrlar hayotni yaxshilashga ko‘p xizmat qiladi.
XXI asrda sizni biznesingiz internetda yo’qmi, demak siz biznesda yo’qsiz.
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.
Adolatli tanqid — kelajakning mevasi, undan chiqarilgan to‘g‘ri xulosa — bugunning mevasi.
Men muvaffaqiyatsizlikni kutib tura olmayman. Yaxshisi, uningsiz olg‘a davom etaman.
Vatanga bo‘lgan muhabbatim meni xorijiylar yutug‘idan ko‘z yumishga majbur qilmaydi. Aksincha,
vatanga muhabbatim qanchalik kuchli bo‘lsa, vatanimni jahondagi g‘aznalar bilan yana-da shunchalik
boyitgim keladi
Vaqt orom nimaligini bilmaydigan nihoyasiz harakatdir — uni boshqacha tushunish mumkin emas.
Ustod aytibdir:
— Yo‘lni to‘g‘ri tutsang, to‘q tutadi;
Yeyishning payiga tushsang,
Yo‘q etadi…
Bechora eshakki betamizdir,
Yuk ko'targani uchun azizdir.
Беморнинг кулаётган лаҳзалари юз фоиз соғлом одам ҳолатида бўлади!
Xotin zoti agar qalbing ular ishqiga giriftor bo‘lganini sezsa, burningni tuproqqa ishqaydi.
Tartibsizlikdan ko‘ra adolatsizlik ma’qul.
Qo‘l yoki oyoqni nojo‘ya ishlatsang — falokatga, tilni nojo‘ya ishlatsang — halokatga yo‘liqasan.
Ey, dil! Na bitmas xazinasan, na davosiz dard.