Adolat daraxtni sug‘ormoq, zulm esa tikanga suv to‘kmoqdir
Hokimlar, sipoh va raiyatdan qaysi birining xalqqa jabr-zulm yetkazganini eshitsam, ularga nisbatan darhol adolatu insof yuzasidan chora ko‘rdim.
Dunyoda olimlarning xushomadgo‘yligi bo‘lmaganida, zolimlar zulmga jur’at qilolmasdilar.
Insonlarni doimiy tobe bo‘lib yashashlari, boshqalar tomoni-dan o‘z nafsini masxara qilinishga chidash, jabr-zulmga toqat qilish, yetishmovchilik kabilar kishini qiziqqon bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Zolimning zulmidan ezilgan va qo‘rquv bosgan tuvaloq inida yotgan joyida jon beradi.