O‘z yovin parvarish qilgan odam xom, Jahonda chiqarar axmoq degan nom.

Uyquni bil bir o'lim misoli, Undan bargsizdir umr niholi.

Aqlli bo`lish kifoya emas, muhimi uni ishlata bilishdir.

Ko‘pchilik odamlar anglash uchun emas, javob qaytarish niyatida tinglaydilar.

Ezgulik adolatsizlik qilmaslikkina emas, uni istamaslik hamdir.

Muvaffaqiyatga boshqalarga yordam berishni chin dildan istaganlargina erishadi. Faqat o'zining foydasini o'ylovchilar esa mag'lubiyatga tayyorlanaversinlar.

Dadil fikrlar shashka o‘yinidagi oldingi qator donalari vazifasini bajaradi: ular halok bo‘lsa-da, g‘alabani ta’minlaydi.

O’lim qo‘rqinchi faqat iymonsizning qalbini zabt etadi, titroqqa soladi. Iymon ahli esa buni Haqqa yetishish, deb bayram qiladi, sevinadi.

Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har qanday sifatdan yaqinroq turadi

Olim eding, orif bo‘lding. Endi oshiq bo‘lishga majoling bormi?

Билимлилик орқали нодонлик кўтарилади, азоб-уқубат бўлган шак-шубҳа ўрнига илм натижасида аниқлик киради.

Johillikning birinchi belgisi – go‘zallikni e’tirof etmaslik.

Мен учун қайси томонни кучлилигининг аҳамяти йўқ; муҳими ҳуқуқ ким томондалиги.

Qanoat deb, o‘ziga kifoya qiladigan narsaga erishishga aytiladi; buni bo‘shashganlik ham deyishadi. Qanoat kamtarlik va uncha-muncha narsani nazarga ilmaydigan xislat bilan hirs o‘rtasida bo‘ladi.

Kech qabul qilingan to'g'ri qaror xatodir.

“Mana Buyuklar” kanali