Katta muommolarni hal qilish, kichik muommolarni hal qilishga qaraganda osonroq.
Ma’rifatchi (orif) botir odam bo‘ladi, shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi! U o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, saxovat egasi bo‘ladi. Shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi! U barcha behad narsalarga hirs qo‘yishdan uzoq va barcha adashganlarga mehribondir, shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi! U o‘z nafsoniyati bilan ulug‘vor bo‘ladi, shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi!
Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim
Hayot muhit emas, ma’no va maqsad yo‘qligi bois qiyinlashadi.
Olmos ishlov berilmay sof bo'lmagani kabi inson ham dard-iztirob chekmay komil bo'lolmaydi.
Haqiqatdan qo‘rqqan odam yolg‘onning panasiga berkinadi.
Aql bitta o‘zi jannatni jahannamga, jahannamni jannatga aylantirishi mumkin.
Mol-mulkni behuda isrof qilish kufrona «ne’matdir», o‘ylamasdan boyligini sarflash to‘liq tanazzulga olib keladi.
Qafas qush izlagani ketdi.
Insonga erur kamol matlub, Andin daxi dardu hol matlub.
Kimniki tushunsang, o‘shanga tengsan.
Umring ko‘pi bilan bir-ikki nafas,
Nafas esa kichik bir shamolu sas.
Shamolga tayanmish umring binosi,
Mustahkam imorat yelga tayanmas.
Harakat zaif bo’lgan joyda, kuchli bilim foydasizdir.
Harakatsiz bilim – ipsiz kamon o’qidir.
Texnologiya - bu zo‘r, qachonki u insonlarni birlashtirsa.
Ustod debdir:
— Ko‘kdan uzilsa ko‘ngil,
Suvdan kutmasam ko‘klik,—
O‘lganim o‘shal kundir!