Detallarga e`tiborli bo'ling.

Inson moddasi tuproqdir. Ammo ortiqcha loyqanaversa loyga aylanadi.

Jazolashga qodir bo‘lmagan hakam oxir-oqibatda jinoyatga sherik bo‘ladi.

Гавҳар балчиққа тушган била қиймати ушалмас ва ўз баҳосидин қолмас. Эшак мунчоғин тожға тиккон била фируза ерин тутмас ва ҳеч ким анинг камбаҳолиғини унутмас.

Hayotning buyuk savoli — odamlar orasida qanday yashash.

Jamiyat amalda isbotlangan yaxshi fazilatlarnigina e’tirof etadi va hurmatlaydi... Kimda-kim o‘z bahosini aniq bilmoqchi bo‘lsa, uni faqat xalqdan bilishi mumkin, binobarin, o‘zini xalq hukmiga havola qilishi kerak. K. GELVETSIY

Китоблар жонсиз, аммо содиқ дўстлардир.

Kam degani, umuman yo‘q, degandan ko‘ra yaxshiroqdir.

Zulmatni la’natlash o‘rniga shamni yoqing.

Inson marvarid misoli ummon tubida, sohilga esa xas-cho‘p chiqadi.

Eng yaxshi o‘yinchi bo‘lish mening nazdimda yuksak sharaf. Ammo Barsa, bu – faqat Messi degani emas. Barsada eng yaxshi o‘yinchilar ko‘p.

Kishi, Allohdan boshqaga ehtiyoji yo‘qligiga ishonadigan bo‘lsa, Alloh ham uni O‘zidan o‘zgaga muhtoj qilmaydi

Adabiyot — hasratdan boshqa narsa emas. Faqat yozuvchining oddiy odamdan farqi – oddiy odam o‘z dardidan hasrat qilsa, yozuvchi birovlar dardidan hasrat qiladi.

Xulqlarning barchasi o‘z tabiati bilan go‘zal, yomon xulq-atvorlarga esa keyin erishilgan bo‘ladi.

“Mana Buyuklar” kanali