Garchi ishning qanday yakunlanishi takdir pardasi ortida yashirin bo‘lsa ham, aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.
Ishchi mehnati, dehqon g‘allasi — shu ikki o‘q atrofida tezkor davr shitob bilan oqib bormoqda va butun hayot shu o‘qlar atrofida aylanmoqda.
V. V. MAYAKOVSKIY
Har doim o'zingizdan kuchlilar orasida bo'ling! Qiynalasiz, ammo rivojlanasiz.
Shayton oldingizga xunuk basharali va ikki shoxli boʻlib kelmaydi. Shayton oldingizga siz har doim orzu qilgan eng goʻzal va lazzatli narsalar suratida keladi!
Har bir odam ikki xil tarbiya oladi: birinchi tarbiyani o‘z hayot tajribalarini singdirish yo‘li bilan ota-ona beradi, ikkinchisi, yanada muhimrog‘ini esa unga hayotning o‘zi o‘rgatadi.