Sabrning avvali achchiq, oxiri shirin

Qo‘rquv – insonga kerak. U ehtiyotkor bo‘lishni o‘rgatadi va hayotni asraydi.

Qasos oluvchidan emas, kechirib yuboruvchidan qo'rqish kerak. Chunki uning qasosini Alloh olib beradi!

Agar ovqat shirin bo‘lsa, u zararlidir.

Bu olamda yo hech narsa chinakam emas, yoxud chinakam narsalarni biz ilg‘ay olmaymiz

Har qanday pastqam yerdan ham osmonga ko‘tarilish mumkin.

Ilmga yetgan oyoq qanotga aylanur.

Ishning faqat sababi tirikchilik emas

Men ming xil zarbani biladigandan qo'rqmayman. men bir zarbani ming marta takrorlidigandan qo'rqaman!

Faqat o‘zing yaxshi o‘rgangan, yaxshi biladigan narsalar haqida yozish, yozganda ham samimiy va rost yozish kerak; tasvirlangan holat inson qalbini o‘rtab yuborsin, voqelikni baholashga yordam bersin, o‘quvchi boshidan kechirgan voqelikning bir qismiga aylanib qolsin.

Ilmni amal uchun o‘rganinglar. Aksar odamlar ilmlari tog‘dek, amallari zarradek bo‘lib qolib, yanglishishadi.

Podsholik istasang, bo‘l el gadosi, O’zingni unutu, bo‘l el oshnosi, El toj kabi boshga ko‘tarsin desang, El qo‘lin tutqinu bo‘l xokiposi

Tajriba ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatga qobiliyatlardan ko‘ra ko‘proq tirishqoqlik bilan erishiladi. O‘z ishiga jonu-jahdini berib ishlagan g‘olib bo‘ladi.

Ayolni hurmatlash — har bir sofdil kishi tug‘ilishidan boshlab rioya qiladigan burch.

Koinotning ibtidosi — atomlar va bo‘shliqdan iborat. Qolgan barcha narsalar faqat fikran mavjuddir

“Mana Buyuklar” kanali