Nega men san’atkorman, faylasuf emasman? Chunki men g‘oyalar orqali emas, so‘zlar vositasida fikrlayman.

So‘z ta’sir qilmagan odamga kaltak ham o‘tmaydi.

Isyon – qul uchun shon-shavkat.

To‘g‘ri o‘ylab, to‘g‘ri qaror ber.

Qasos oluvchidan emas, kechirib yuboruvchidan qo'rqish kerak. Chunki, uning qasosini Alloh olib beradi!

Kim boyni ikrom qilib, kambag‘alni xorlasa, la’natlangandir.

Ko’pchilik o’zi haqida pul topishni bilmaydi, deb o’ylaydi. Aslida esa ularni to’g’ri sarflashni bilmaydigan bo’lishadi.

Agar men hayotda qandaydir muhim kashfiyot qilgan bo‘lsam, asosan sabrim va e’tiborim tufayli qilganman, boshqa qandaydir iste’dodim tufayli emas.

Hayot seni ehtimol o‘z oldiga o‘tkazar, Undan yaxshi muallim topmasliging muqarrar.

Bilim va qudrat – ikkovi egizak.

Biz hech qachon hech kimdan kam bo'lmaganmiz va kam bo'lmaymiz ham!.

Ustod so‘zidirkim: — Komil kishi uch narsadan tashvish tortadi: Xudoning xohishi, avliyoning koyishi, ulug‘larning toyishidan!..

Olijanob (kishi) zafarining karomati (shundaki), agar qo‘lga kiritsa, (boshqalarga) beradi, pastkash zafarining qabihligi shundaki, qo‘lga kiritsa, yana (ko‘proq) kiritishni istaydi.

Vaqt qimmatlidir. Uni nimaga sarf qilsangiz ehtiyotkorlik bilan o'ylang.

Dunyoni raqamlar boshqarmaydi.

“Mana Buyuklar” kanali