Sabrning avvali achchiq, oxiri shirin
Do‘st deb achchiq gapirganga emas, achchiqni shirin gapirganga aytiladi.
Achchiqni achchiq kesadi dema, shirin ham kesadi, kesganda ham afzal kesadi.
Xastalik va muhtojlik — bular ikkalasi shunday bir baloki, hatto xutbon (eng taxir, achchiq ichimliklardan hisoblanadi) ichimligidan ko‘ra ham achchiqroqdir.
Mehnatkash asalari achchiq gullardan ham asal yig'ishni bilishadi.