Yaxshi qiliq oq sut bilan kirsa, O‘lim kelib tutmaguncha o‘zgarmaydi.

Biznesda buyuk ishlar hech qachon bir kishi bilan qilinmagan. Ular odamlar jamoaligida qilingan

Tilingdan chiqqan sadaqa (ya’ni pandu nasihating va mav’izayu hasanang) ba’zan qo‘lingdan (mol-dunyongdan) chiqqan sadaqangdan ko‘ra xayrliroqdir.

Menga iltijo qilib kelgan badkirdor odamlar, xoh menga yaxshilik qilgan bo‘lsinlar, xoh yomonlik, saltanat taxtiga o‘tirganimdan keyin ularni xayr-ehsonlarim bilan xijolatga qo‘ydim. Menga qilgan yomonliklarini qilmagandek ko‘rib, ularni yomon qilmishlari daftari ustiga afv qalamini tortdim.

Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi.

Dushmanlarning hujumlari odamlarning ojiz tomonlarini bilib olishda menga yordam berdi.

Haqiqat ahlikim, chekti bu olam ichra mehnatni O‘shal mehnat ila oxir topar joh ila davlatni. Poshshoxo‘ja

Quyosh ko‘rlarga ko‘rinmay berkinganidek, johillarga ham dunyoda to‘g‘ri yo‘l belgilari ko‘rinmay qoladi.

Balog‘atga yetganimizdan so‘ng, biz o‘zgarmaymiz, faqat yoshimiz ulg‘ayadi va ajinlarimiz ko‘payadi. Ammo, bu tashvish chekishga arzimaydi.

Insonning bahosi bu dunyoda o‘zi olgani bilan emas, o‘zidan qolgani bilan belgilanadi.

Mayli, barcha kishilar bir-birlarini yaxshi ko‘rmasinlar, biroq ular orasidagi nafratni albatta yo‘qotish shart.

Kimki Muhammad dinini qo‘llab-quvvatlasa, sen ham uni qo‘llagil, kimki, Muhammad dinini xor qilsa, sen ham uni xor tutgil.

O‘zni tanimoq, eng buyuk ma’rifatdir.

Odob – beodobni har bir odobsizligiga sabr-toqat qilishdir.

Men odobni odobsizdan o‘rgandim, chunki uning qilganlarini qilmadim.

“Mana Buyuklar” kanali