Tarbiyali kishilar inson shaxsini hurmat qiladilar,shuning uchun ham ular marhamatli, oqko‘ngil,xushmuomalali va ko‘ngilchandirlar.
Shon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir.
Men o‘z saltanatimni dini islom, to‘ra va tuzuk asosida mustahkamladim. Saltanatni boshqarishda uchragan har qanday voqea va ishni tuzuk asosida bajardim.
Одамларга қачон ҳожатинг тушса, гарчи у бир қултум сув бўлсада, уларнинг олдида ҳожатинг қадар қадринг тушади.
Умид – ишонч йўлининг боши.
Hayot uyqudir, o‘limla uyg‘onur inson. Sen shoshil, o‘lmasdan avval uyg‘on.
Келишилмай қилинган қарорда яхшилик йўқ.
Sivilizatsiyalar kelib-ketaveradi. Ammo qalang‘i-qasang‘ilar qolaveradi.
Hamishalig‘ ta’kid etur edim: xon bo‘lsang-da bog‘ yarat, gadoy bo‘lsang-da bog‘ yarat — bir kunmas bir kun mevasini tatirsan...
Chin do'stgina sening zaif tomonlaringga chidaydi.
Odobidan mahrum bo‘lgan Allohning lutfidan ham mahrum bo‘lur.
Inson tarbiyasining bosh yo'li ishonchdir.
Muammoni hal qilishning eng oson yo‘li – uni yo‘q deb faraz qilishdan iborat.
Har bir muvaffaqiyatsizlikda ota-onang yoki boshqalarni ayblayverma. Xatolaring ustida yig‘lab o‘tirma, ulardan xulosa chiqar.
Илм ҳаё билан кибр орасида йўқ бўлиб кетади.