Оилавий бахтда ҳикмат кўп. Бахтиёр оила энг биринчи ва энг кучли тарбия ўчоғи, демак, ёшларимизнинг толеи, эртанги саодатли кишилар жамиятимизнинг пойдеворидир.

Yolg‘izlik halokatga olib keladi. Zero, inson o‘ziga kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qo‘lga kiritishi mumkin.

Men hamisha shunday faraz qilamanki, mabodo inson zoti bir daqiqa yolg'ondan to'xtab, ichidagini oshkor aytsa bormi, jamiyat shu zahoti titilib ketgan bo'ladi.

Tarixni o‘rganing, jamiyatdagi barcha muammolarning yechimi tarixda mavjud.

Jamiyat va o‘zi uchun befoyda bo‘lishdan hamda aql-u idrokni hech qanday ish qilmaslikka sarflashdan ham ortiqroq uyatli narsa, yo‘q.

Hozirgi davrda istagan kishi yaxshi pul ishlay oladi. Biroq barqaror daromad olish, jamiyat oldidagi mas’uliyatni his qilish va dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirish qiyinroq.

Ortiqcha narsangni o‘zing uchun emas, jamiyat uchun ishlat.

Коммунистик жамият умрини яшаб бўлгач, назаримизда нопоклик барҳам топгандай бўлди. Аммо бу масалада хулоса чиқаришга шошилманг, азизлар. Жамият йўқ бўлгани билан унинг раҳнамоси – шайтон тирик.

Har bir buyuk inson bag‘rida yashagan jamiyatning o‘gay o‘g‘lidir.

“Mana Buyuklar” kanali