Agar uni orzu qila olsang, demak uni qila olasan.

Imkoniyat paydo bo'lmaydi. O'zingiz uni yaratasiz.

Ne'matlarning eng yaxshisi-harakat qilib erishilgani. Do'stlarning eng yaxshisi-Alloh taoloni eslatgani. Qalblarning eng nurlisi-ichida mol-dunyo sevgisi bo'lmagani.

Sharoit qancha yomon bo‘lsa, harakatni shuncha kuchaytir.

Sevmoq – fe’l. Sevgi – tuyg‘u, fe’l bo‘lmish sevgining mevasi. Demak, unga erishish uchun harakat qilish kerak.

Эй кўнгил, ибрат ол, боқ хар тушган япроққа, У ҳам аввал кўкдан боқарди тупроққа.

Hayot - harakat, harakatsizlik - o'limdir.

Tiriklik jismning idrok va harakatga ega bo‘lmog‘i demakdir

Sifat - bu harakat emas, odat.

Harakat zaif bo’lgan joyda, kuchli bilim foydasizdir. Harakatsiz bilim – ipsiz kamon o’qidir.

Biz bo'lmasak, kim? Hozir bo'lmasa, qachon?

Harakatdan emas, harakatsizlikdan tashvishlanganman.

Men hech qachon shunchaki kompaniya yaratishga harakat qilmaganman. Ko‘pchilik daromadlar va shu kabi kirimlar meni qiziqtirmaydi, deb xato o‘ylashadi. Aslida men uchun «shunchaki kompaniya bo‘lmaslik» haqiqatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, dunyoni o‘zgartiruvchi nimadir yaratishni anglatadi

Agar o‘zingizni do‘zaxda deb o‘ylasangiz, u yerda qolib ketmaslik uchun, yurishda davom eting.

Inson mushohada bilan emas, balki harakatda o‘z-o‘zini anglaydi. Qilinishi lozim bo‘lgan ishga kuch-g‘ayrat sarflagandagina u o‘zining kimligini biladi.

“Mana Buyuklar” kanali