Dunyo – olimning qiymatsiz o‘yinchog‘i, ahmoqning esa qiymatli arg‘imchog‘i.
Ahmoq kishi hikmat lazzatini bilmaydi, bamisoli tumov kishi gulning hidini sezmaganidek.
O‘g‘rilar orasida eng zararlisi ahmoqlardir. Ular bir vaqtning o‘zida vaqtimizni va kayfiyatimizni o‘g‘irlaydi.
Har bir inson besh daqiqa bo‘lsa ham ahmoq bo‘ladi. Haqiqiy donishmandlik esa bu vaqt chegarasini oshirib yubormaslikdan iboratdir.
Odamlar senga moslashishini talab qilish – kechirib bo‘lmas ahmoqlik.