Go‘zal kunlar kelishini kutma. Unga tomon bormog‘ingni unutma.
Aqlli kishi ikki yomon ishdan yaxshisini tanlab oladi va ikkita ishonchli kishining eng adolatlisiga yon bosadi.
Har bir vazir qaychi misolidir (agar qaychining bir tayanch tomoni bo‘lmasa ikkinchi tomoni hech narsaga qodir bo‘lmaydi), chunonchi Muso payg‘ambar vaziri Xorun bilan mukammal bo‘lgan.
Муҳаббат - шахсий ҳаётимизни безайдиган, унга самара бағишлайдиган ноёб гул; у ҳам барча гуллар каби очилиб, кўкка интилган сайин энг афзал томонларини намоён қила бориш керак.
Qaysi tomonga qarab ketsang ketaver, yo‘l oxirida yana o‘zing bilan uchrashasan.