Yaxshi narsa haqida tafakkur etish unga amal qilishga undaydi, yomon narsa haqida o‘ylash undan qochishga undaydi.

Aql-idrok va shariatga amal qilib ish tutgan banda asl va ikkinchi darajali maqsadu matlablarini jam qilishi muqarrardir.

Haq taolo har zamonda olimlarni o‘shal zamona xalq ining amallariga munosib so‘zlar bilan gapirtirib qo‘yadi.

Amal - insondagi ma'nodir.

Ikki kishi besamar ish qilgan va benaf tashvish chekkan: biri - boylik to‘plab, foydalana bilmagan va ikkinchisi - ilm o‘rganib, unga amal qilmagan.

Olimlarning jazosi qalblari o'lishidir, qalbning o'lishi esa oxirat amali bilan dunyo talab qilishdir.

Biron-bir narsani bajarolmayman deb ko‘ngilga keltirdingizmi, shu paytdan boshlab uni amalga oshirish g‘oyat mushkul bo‘lib qoladi.

“Mana Buyuklar” kanali