Maqsadga erishib oladigan narsangizdan maqsadga erishib yetishadigan darajangiz muhimroqdir
Aql-idrok va shariatga amal qilib ish tutgan banda asl va ikkinchi darajali maqsadu matlablarini jam qilishi muqarrardir.
Odamlarni odamgarchilikdan chiqaradigan odamlar ham bor, deyishadi. Bu gap qaysidir darajada to‘g‘ri bo‘lsa, to‘g‘ridir. Ammo bundaylarni odam deyish noto‘g‘ri.
Kimki o‘zining nazarida o‘zi xor ko‘rinsa, Allohu taolo uning darajasini baland qiladi va kimki o‘zining nazarida o‘zi ulug‘ ko‘rinsa, Allohu taolo uni bandalarning nazarida xor qilib ko‘rsatadi. Abu Muzohim Sheroziy